Онлайн-курсыЖурналПроверь себяСпецпроектыПодкасты
SberBank Onlaynda xizmatlar uchun qanday to‘lash kerak

SberBank Onlaynda xizmatlar uchun qanday to‘lash kerak

04.07.22

6 мин

Uyali aloqa, televideniye va hattoki ishlash uchun patent - bu va boshqa ko‘plab xizmatlarni SberBank Onlayn bank ilovasida istalgan qulay vaqtda komissiyasiz to‘lash mumkin. Buni qanday qilishni sizga so‘zlab beramiz.

O‘zlariga SberKartani rasmiylashtirib olgan barcha xorijiy fuqarolar SberBank Onlayn mobil ilovasi orqali xizmatlar uchun to‘lashlari mumkin.

Hali SberKartangiz yo‘qmi? (bu erda u haqda batafsilroq bilib olishingiz va rasmiylashtirishingiz mumkin)

Uyali aloqani qanday to‘lsah munkin?

Nafaqat Rossiya operatorlari, balki Qozog’iston, O‘zbekiston, Tojikistondagi operatorlari uyali aloqalari uchun to‘lash mumkin.

СMS buyruq (uyali aloqa uchun bor)* / SberOnlayn mobil ilovasida

* xorijiy noperarorlardan tashqari

Nima kerak?

Qanday qilib to‘ldirish kerak?

  • Telefoningizdagi balansni to‘ldirish uchun: "To‘lovlar" → "Mobil aloqa" → "Mobil aloqa, istalgan telefon raqami uchun to‘lov"
  • Birovning telefonidagi balansni to‘ldirish uchun: “To‘lovlar” → “Mobil aloqa” → “Har qanday mobil telefonlar uchun to‘lov” → Telefon raqami va to‘lov miqdorini kiriting.

Bankomatda karta orqali

Nima kerak?

Qanday qilib to‘ldirish kerak?

  • “Mobil telefonni to‘ldirish” → operatorni tanlang → ko‘rsatmalarga amal qiling.
  • Mobil aloqa → raqamni qo‘lda kiritish yoki ma’lumotnomadan tanlash → ko‘rsatmalarga rioya qiling.

Qarindoshlarga Internet va telefon aloqasi uchun qanday to‘lash kerak?

Endilikda ushbu xizmatdan Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari foydalanishlari mumkin.

Qanday to‘lash kerak:

  1. Ilovasini yoki SberBank Onlayn shaxsiy kabinetini oching.
  2. “To‘lovlar” → “Uy” → “Internet, TV, uy telefoni” bo‘limiga o‘ting → “Qidiruv” qatoriga mamlakat nomini kiriting → kerakli operatorni tanlang va ko‘rsatmalarga amal qiling.
  3. Bir necha soniya ichida pul o‘tkaziladi.

Patentni qanday to‘lash kerak?

Patent

Bu chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida ishlashlari uchun ruxsatnoma hisoblanadi. U Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriy shartdir.

Patentni to‘lash

  1. Asosiy menyudan "To‘lovlar" ni tanlaymiz. "Ish va biznes" bandini topamiz
  2. "Ish uchun patentlar" bandini topamiz
  3. To‘lov oluvchini qidiramiz, bosamiz
  4. Tuman FSXI ni tanlaymiz
  5. KBKni kiritamiz - 182 1 01 02040 01 1000 110 - bu byudjet tasnifi kodi. Bu barcha hududlar uchun bir xil

Qanday qilib to‘lovlarni qulay qilish kerak?

SberBank Onlayn mobil ilovasida tez va o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi bir nechta xizmatlar mavjud.

Avtoto‘lov - bu uyali aloqa, patent, uy-joy kommunal xizmatlari, shahar telefoni va Internet, boshqa banklardan olingan kreditlar, yo‘l harakati xavfsizligi jarimalari, soliqlar va boshqa xizmatlar uchun avtomatik to‘lovdir. To‘lovlar uchun komissiya bank ofisida to‘lashdan kamroq: 0-1%, ko‘pi bilan 500₽.

Jumladan, Avtotoʻlov yordamida mobil telefonn balansining avtomatik to‘ldirishni o‘rnatib, uyali aloqani to‘lash mumkin.

  • Ruxsat etilgan miqdor uchun - kerakli, masalan abonent to‘loviga teng summani o‘zingiz belgilaysiz.
  • Hisob bo‘yicha — operator sizning tarifingiz va qo‘shimcha xizmatlaringizdan kelib chiqib, tavsiya etilgan to‘lov miqdorini bankka jo‘natadi.
  • Minimal balansda - telefonning minimal balansini o‘rnating, masalan, 50 rubl. Balans bu miqdorga tushganda, to‘lov avtomatik ravishda kartangizdan yechib olinadi - masalan, 350 sum. Ikkala miqdorni ham o‘zingiz belgilaysiz.

SberBank Onlayn shaxsiy kabinetda: Shaxsiy menyu o‘ngda → Mening avtoto‘lovlarim → Avtomatik to‘lovni yoqish → Mobil aloqa → uyali aloqa operatoringizni tanlang va ko‘rsatmalarga amal qiling.

Bilish muhim

Bank yechib olish kerak bo‘lgan kun va davriyligini o‘zgartirish mumkin.

Boshqa kunlarda to‘lashni xohlaysizmi? SberBank Onlaynda shunchki avtomatik to‘lovlar sanasi yoki davriyligini o‘zgartirish kifoya. Xohishga qarab, ular chqim qilingan kartani ham o‘zgartirish mumkin.

Avtoto‘lov kuni kartada pul yo‘qmi?

Avtotoʻlov keyingi kun takroran urinib koʻradi. Kartangizni to‘ldirishni unutmang.

Haddan tashqari katta niqdordagi pulga hisob-faktura keldimi?

Agar hisob-faktura miqdori ulanishda siz o‘rnatgan maksimal to‘lov miqdoridan katta bo‘lsa, bank bildirishnoma yuboradi - shunchaki javob xabari yuborish bilan yoki SberBank Onlayn ilovasida tasdiqlang.

Ulanish kunida to‘lash shart emas.

Agar siz bugungi kuna hozirgina avtoto‘lovni yoqqan bo‘lsangiz-u, lekin darhol to‘lashga tayyor bo‘lmasangiz, to‘lovni rad etishingiz mumkin. Asosiysi, buni o‘z vaqtida qilish kerak. Masalan, bugun 20 iyul. Siz avtotoʻlovni yoqdingiz va keyingi toʻlov sanasini 20-iyulga belgiladingiz. Bank sizga SMS yoki ulanish to‘g'risida bildirishnoma yubordi, keyin esa yaqinlashib kelayotgan to‘lov haqida xabarnoma yubordi. Sizda lodli javov xati yoki Sberbank Omlayn bilan to‘lovni bekor qilish uchun 2 soat vaqtingiz bor. Agar siz birinchi to‘lovni o‘sha kuni amalga oshirishga rozi bo‘lsangiz, hech narsani bekor qilmang: 2 soatdan keyin avtoto‘lov amalga oshiriladi. Xuddi shunga o‘xshab, bugun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan avtomatik to‘lovni o‘zgartirgan bo‘lsangiz yoki qayta tiklagan bo‘lsangiz, bekor qilish uchun 2 soat vaqtingiz bo‘ladi.

Har qanday xizmat yetkazib beruvchisi foydasiga operatsiya amalga oshirilgandan so‘ng, Sberbank Onlaynda xizmat yetkazib beruvchisi to‘lov ma'lumotlari saqlanadi va ular "Mening operatsiyalarim" tasmasida aks ettiriladi.

"Mening operatsiyalarim" tasmasi har safar to‘lovlarni amalga oshirish uchun tafsilotlarni kiritmaslik imkonini beradi.

Shuningdek, Siz istalgan sana uchun takroriy toʻlov eslatmasini oʻrnatishingiz va eslatmalar davriyligini tanlashingiz mumkin. Natijada, eng muhim to‘lovlar unutilmaydi yoki kechiktirilmaydi.

Sberbank OAJ. Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun Rossiya bankining 2015 yil 11.08 dagi 1481 sonli Bosh litsenziyasi.
Internet-bank va SberBank Onlayn mobil bank ilovasidan Mobil bank SMS-servisiga ulangan SberBank kartalari egalari (korporativ kartalar bundan mustasno) foqdalanishlari mumkin. Internet-bank va SberBank Onlayn mobil ilovasidan foydalanish uchun Internetga ulangan bo‘lish kerak. Axborot mahsulotlariga nisbatan yoshga doir chegaralash mavjud emas. Dastur Qatnashchilarining iOS Android opperatsion tizimni qo‘llaydigan Mobil ilovalarga o‘rnatish mumkin bo‘lgan SberBank Onlayn mobil ilovalari. Internet-bank va Sberbank Onlayn mobil ilovasi to‘g’risidagi batafsil ma’lumotlarni bankning www.sberbank.ru, bo‘linmalarda yoki 900 telefon raqamo orqali aniqlashtirib oling. Bolalar uchun ta’qiqlangan (18+).

В избранное

Комментариев пока нет

Другие статьи этого раздела

Россия, Москва, 117997, ул. Вавилова, 19

© 1997—2025 ПАО Сбербанк

Генеральная лицензия на осуществление банковских операций от 11 августа 2015 года. Регистрационный номер — 1481.

www.sberbank.ru

На этом сайте используются Cookies.

Подробнее