Онлайн-курсыЖурналПроверь себяСпецпроектыПодкасты

Debet kartasining qulayligi va foydasi nimada

04.07.22

3 мин

Debet kartasining qulayligi va foydasi nimada

Biz har kuni mahsulot, xizmatlar, transportda qatnaganimizga pul to'laymiz. Buni naqd pulda qilish har doim qulay va xavfsizmi? Kundalik xarajatlar, ish haqi va boshqa daromadlarni olish uchun ishonchli va sinalgan moliyaviy vosita - debet kartasi mavjud.

Debet karta - bu bankdagi pulingizni olish imkonini beruvchi bank kartasi. Uning yordami bilan siz pul o‘tkazishingiz, tovarlar sotib olishingiz, to‘lovlar, patent, soliq yoki kommunal xizmatlarni to‘lashingiz mumkin.

Karta naqd puldan ko'ra nimasi bilan qulayroq?

Debet kartasida bir nechta afzalliklari bor:

  • hisobdagi pulni xavfsiz saqlash;
  • tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati;
  • tovarlarni to'lash yoki chegirma olish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan bonuslarni to'plash imkoniyati. Misol uchun, SberSpasibo sodiqlik dasturi sizga xaridlar narxining 99% gacha ball bilan to'lash imkonini beradi. Batafsilroq bu yerda bilib olish mumkin.
  • bankomatlar orqali qulay naqd pul yechish. Sberda Rossiyadagi eng yirik bankomatlar tarmog' bor;
  • kartadan kartaga, shu jumladan, boshqa mamlakatlarga, ofisga bormasdan onlayn tarzda o'tkazish.

Debet karta bilan byudjet yuritish qulay. Xarajatlar va daromadlar haqidagi barcha ma'lumotlar shaxsiy kabinetda saqlanadi. Istalgan vaqtda siz ma'lum bir vaqt uchun qancha pul sarflaganingizni ko'rishingiz mumkin. SberBank Onlayn mobil ilovasida “Moliyani tahlil qilish” bo'limi mavjud bo'lib, unda sizning harajatlaringizni turli toifalar: supermarketlar, kiyim-kechak va salomatlik bo'yicha aks ettiradi. Ilova barcha toifalarni avtomatik ravishda aniqlaydi, sizdan qo'shimcha harakatlar talab qilinmaydi.

Limitlar va cheklovlar. Debet kartalari uchun turli banklar kuniga va oyiga naqd pul o‘tkazish yoki olishning maksimal miqdori bo‘yicha o‘z shartlari mavjud. Chet elliklar uchun SberKart tariflari haqida batafsilroq.

Kartalar turlari. SberBank «Mir» milliy to‘lov tizimining debet bank kartalarini chiqaradi.

Karta jismoniy tashuvchida, ya’ni plastikda yoki usiz - raqamli turdagi emissiya chiqarilishi mumkin. Raqamli karta mobil ilovada ko‘rsatiladi, lekin uni qo‘ga olib bo‘lmaydi. Internetda to‘lash uchun rekvizitlarni kiritish kifoya.

Kartaga xizmat ko'rsatish narxi xizmatlar to'plamiga va karta darajasiga qarab farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, to'lovni bir vaqtning o'zida bir yil yoki oylik debet qilish mumkin.

Kartani qanday rasmiylashtirsa bo’ladi

Kartani chiqarish uchun quyidagicha buyurtma berish mumkin:

  • telefon yoki kompyuterdan onlayn. Bu tez va xavfsiz – mamlakatingiz pasporti yoki shaxsingizni tasdiqlovchi boshqa hujjat va Rossiya operatorining mobil telefoni bo‘lsa kifoya. Karta tayyor bo‘lgach, sizga SMS-xabar keladi va uni bank ofisidan olishingiz mumkin;
  • Sberbank ofisida xodimlar kartani rasmiylashtirishga yordam va boshqa bank mahsulotlari va xizmatlari bo'yicha maslahat berishadi.

Kartani qanday to'ldirish kerak

Naqd pulda:

  • Sberbankning istalgan ofisiga naqd pul qo‘yishingiz mumkin;
  • Terminal yoki bankomat orqali. Kartani joylashtiring va PIN-kodni kiriting → asosiy menyu → «Naqd pul o‘tkazish» → ko‘rsatmalarga amal qiling.

Naqdsiz:

  • SberBank Online-da kartangiz sahifasiga o‘ting va «To‘ldirish» tugmasini bosing. Yoki boshqa hisob yoki kartadan summani kartaga o‘tkazing.

Naqd pulni qanday yechish mumkin

  • Sberbank filialida, kassa orqali;
  • Bankomatda. Pulni istalgan bankning istalgan bankomatidan yechib olish mumkin. Ammo komissiya yo'qligi uchun Sberbank bankomatlari orqali pul yechish yaxshiroqdir.

Kartani firibgarlardan qanday himoya qilish kerak?

SberBank Onlayn mobil ilovasida xavfsizlikka bag'ishlangan bo'lim mavjud. Siz kartani qanday himoya qilish yoki qayta chiqarishni o'rganishingiz, firibgarni tanib olishingiz va ma'lumotlaringiz noto'g'ri qo'llarga tushmasligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Debet karta oddiy va qulay to‘lov vositasidir.

Bank kartalaridan foydalanishning asosiy qoidalarini o‘rganib chiqib, siz o‘zingizning asosiy faoliyatingizdan chalg’imasdan, istalgan qulay vaqtda istalgan tranzaktsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Sberbank OAJ. Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun Rossiya bankining 2015 yil 11.08 dagi 1481 sonli Bosh litsenziyasi.
Internet-bank va SberBank Onlayn mobil bank ilovasidan Mobil bank SMS-servisiga ulangan SberBank kartalari egalari (korporativ kartalar bundan mustasno) foqdalanishlari mumkin. Internet-bank va SberBank Onlayn mobil ilovasidan foydalanish uchun Internetga ulangan bo‘lish kerak. Axborot mahsulotlariga nisbatan yoshga doir chegaralash mavjud emas. Dastur Qatnashchilarining iOS Android opperatsion tizimni qo‘llaydigan Mobil ilovalarga o‘rnatish mumkin bo‘lgan SberBank Onlayn mobil ilovalari. Internet-bank va Sberbank Onlayn mobil ilovasi to‘g’risidagi batafsil ma’lumotlarni bankning www.sberbank.ru, bo‘linmalarda yoki 900 telefon raqamo orqali aniqlashtirib oling. Bolalar uchun ta’qiqlangan (18+).

В избранное

Комментариев пока нет

Другие статьи этого раздела

Россия, Москва, 117997, ул. Вавилова, 19

© 1997—2025 ПАО Сбербанк

Генеральная лицензия на осуществление банковских операций от 11 августа 2015 года. Регистрационный номер — 1481.

www.sberbank.ru

На этом сайте используются Cookies.

Подробнее