

Bu shaxsga Rossiya hududida qonuniy ravishda professional faoliyatni amalga oshirish - xizmatlar ko‘rsatish yoki o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni sotishga imkon beradigan maxsus maqom hisoblanadi. Rasmiy ravishda u "kasbiy daromad solig'i" deb ataladi.
Chet elliklar - Belarus, Qozog'iston, Armaniston va Qirg'iziston fuqarolari o‘zini-o‘zi band qiluvchlar bo‘lishlari mumkin. Ushbu maqomga ega bo‘lgan shaxs soliq to‘lovchiga aylanadi, rasmiy daromadga ega bo‘ladi va ko‘p miqdordagi moliyaviy mahsulotlardan foydalanishi mumkin.
Buning uchun quyidagilar kerak:
Qonunda ruxsat etilgan faoliyat turlarining aniq ro‘yxati nazarda tutilmagan.Ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxati juda keng.
O‘z-o‘zini band qiluvchi sifatida xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan bir nechta sohalarni keltirib o‘tamiz.
| Uy | Ta’mirlash |
|---|---|
| Maishiy xizmatlar va kimyoviy tozalash bo‘yicha mutaxassis | Maishiy ta’mir bo‘yicha usta |
| Qorovul | Dizayner |
| Doya | Xonalarni tamitlash va bezash bo‘yicha mutaxassis |
| Xo‘jalik yuritish bo‘yicha yordamkchi | Maishiy texnikani ta’mirlash bo‘yicha usta |
| Oshpaz | Elektrik |
| Doya | |
| Chopar |
| Guzallik | Ta’lim sohasi, AT-sohasi va axborot xizmatlari |
|---|---|
| Imij-maslahatchi | Veb-usta |
| Kosmetolog | Dasturchi |
| Manikyur va pedikyur bo‘yicha usta | Ma’lumotlar bilan ishlovchi mutaxassis |
| Model | Kompyuter ustasi |
| Sartarosh | Inretnet manbalar dizayneri |
| Stilist | Intermet reklamani sozlash bo‘yicha mutaxassis |
| Tatu va persing bo‘yicha usta | SMM – menejer |
| Epilyatsiua bo‘yicha usta | Repititor |
Bundan tashqari, notariuslar, arbitraj boshqaruvchilar, advokatlar va mediatorlar o‘z-o‘zini band qiluvchilar bo‘la olmaydilar.
Ushbu maqomni SberBank Onlayn mobil ilovasidagi “O‘z ishim” xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tkazish juda oson:
Ro‘yxatdan o‘tish bir necha daqiqa vaqtni oladi. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng siz bankdan 900 raqamidan SMS yoki SberBank Onlayn ilovasida push-bildirishnoma olasiz.
O‘zini-ozi band qiluvchilar jismoniy shaxslar bilan ham, ya'ni oddiy fuqarolar bilan ham, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (IP), ya'ni tashkilotlar bilan ham hamkorlik qilishlari mumkin. Soliq stavkasi shuunga bog'liq bo‘ladi: 6% - agar yakka tartibdagi tadbirkor kompaniya bilan hamkorlik qilsa yoki 4% - jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatsa.
O‘zini-ozi band qiluvchilar faqat o‘z faoliyatidan olingan daromadlar uchun soliq to‘laydilar. Agar daromad bo‘lmasa, hech narsa to‘lash shart emas.
O‘zini-ozi band qiluvchilar 10 ming rubl miqdorida soliq imtiyozlari olish huquqiga ega. Soliq chegirmasi o‘z-o‘zini band qiluvchilarga avtomatik ravishda beriladi va bosqichma-bosqich sarflanadi: yakka tartibdagi tadbirkorlar chegirma tugaguniga qadar 3% (4% o‘rniga) yoki 4% (6% o‘rniga) stavkasida soliq to‘laydi. Qo‘lga 10 000 rubl olosh mumkin emas.
O‘zini-ozi band qiluvchilardan faqat o‘z mijozlaridan har bir mablag’ kelib tushgandan so‘ng elektron chek yaratishlari va soliqni o‘z vaqtida to‘lashlari talab etiladi, xolos.
“O‘z ishim” xizmatidagi SberBank Onlayn mobil ilovasida elektron cheklarni yaratish va soliqlarni to‘lash mumkin. Elektron chekni yaratishda mijozingiz kimligini - jismoniy yoki yuridik shaxs (kompaniya) / yakka tartibdagi tadbirkor ekanligini ko‘rsatishingiz kerak. Agar mijoz kompaniya yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda uning STIRni kiritish kerak bo‘ladi. O‘zini-ozi band qiluvchi shakllantirilgan chekni mijozga (elektron yoki qog'oz shaklida) topshirishi kerak. Oyning oxirida, tuzilgan cheklar asosida Federal Soliq xizmati to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq miqdorini hisoblab chiqadi. O‘zini-ozi band qiluvchi hech narsani hisoblashi shart emas. Soliq summasi hisobot oyidan keyingi oyning 12-kuniga qadar hisoblab chiqiladi va to‘lov 25-kungacha amalga oshirilishi kerak. Shuningdek, soliqni SberBank Onlayn mobil ilovasida “O‘z ishim” xizmatida yoki Rossiya Federal Soliq xizmatining "Mening soliqim" ilovasida to‘lashi mumkin.
Agar soliqni o‘z vaqtida to‘lanmasa, kechiktirilgan har bir kun uchun jarima undiriladi. Chet ellik soliq to‘lovchi soliq organlariga hisobot va deklaratsiya taqdim etishi shart emas.
Soliq rejimi haqida batafsilroq bu erda, EOII mamlakarlaridan kelgan norezidentlar uchun uning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu sahifada o‘qish mumkin.
В избранное
Комментариев пока нет
Россия, Москва, 117997, ул. Вавилова, 19
© 1997—2025 ПАО Сбербанк
Генеральная лицензия на осуществление банковских операций от 11 августа 2015 года. Регистрационный номер — 1481.
www.sberbank.ruНа этом сайте используются Cookies.
Подробнее
Вам понравилась статья?
0 / 2000